Ukrainalik markaziy hujumchi Artyom Dovbik qishki transfer oynasida "Roma"ni tark etishi mumkin, bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar bermoqda.

Jurnalistning ma'lumotiga ko'ra, Rim klubi Angliya Premer-ligasining bir necha vakillariga hujumchi xizmatini taklif qilgan. Faoliyatini davom ettirish variantlari orasida "Everton", "Sanderlend" va Londonning "Vest Xem" klublari bor. Futbolchining bozor narxi 25 million evroga baholanmoqda.

2025/2026 yilgi mavsumda Dovbik 14 ta o'yinda qatnashib, atigi ikkita gol urgan.