Dovbik APLga o'tishi mumkin

Ukraina terma jamoasi va Rimning «Roma» klubi hujumchisi Artem Dovbik Angliya Premer-ligasi klublari qiziqishlari doirasiga tushdi, deb xabar bermoqda Il Sussidiario.
Manba ma'lumotlariga ko'ra, 28 yoshli to'purarning chiqishlarini bir nechta Evropa jamoalari kuzatib bormoqda. Shunga qaramay, ukrainalik futbolchining transferi bo'yicha eng jiddiy qiziqishni «Vest Xem» bildirmoqda.
Xabar qilinishicha, London jamoasi kelishuvning ikkita variantini ko'rib chiqmoqda: futbolchining transfer huquqini 10 million evroga to'liq sotib olish yoki uni bir yillik ijaraga olib, keyinchalik shartnomani 15 million evroga sotib olish huquqini qo'lga kiritish.