UEFA Millatlar ligasi doirasida Glazgoda o'tkazilgan bahsda makedoniyaliklar mag'lubiyatga uchradi. Biroq jamoa bir yillik tanaffusdan so'ng ilk golini urdi. Ushbu to'pga Zan Vipotnik Rastoder mualliflik qildi.

“Yigitlarni tabriklamoqchiman, sifatli o'yin o'tkazdik. Afsuski, futbolda shunday holatlar bo'lib turadi. Nihoyat gol urganimizdan xursandmiz. Rastoder va butun jamoa uchun bu muhim.

Bizga o'ziga bo'lgan ishonch yetishmayotgandi. Nazarimda, bu ishonch asta-sekin qaytmoqda. Futbolchilar klublarida ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishyapti va bu terma jamoa o'yinida ham sezilmoqda.

To'g'ri yo'lda ekanimizga ishonaman. Albatta, mag'lubiyat yoqimsiz, ammo g'alaba qozonishni bizdan ko'proq hech kim istamaydi”, – dedi Doriev Sport1 nashriga.

Shuningdek, futbolchi jamoaning qiyin vaziyatdagi harakatlariga ham to'xtaldi.

“Bosim ostida o'ynayapmiz, ammo taktik jihatdan yaxshi harakat qildik. Hisob 0:1 bo'lganida taslim bo'lmadik, xarakter ko'rsatdik. Bu menga jamoamizning imkoniyatlariga ishonch beradi. Umid qilamanki, Sloveniyaga qarshi o'yinda nihoyat g'alaba qozonamiz”, – dedi futbolchi.

Shimoliy Makedoniya Millatlar ligasidagi navbatdagi uchrashuvini 16 noyabr kuni Sloveniyaga qarshi o'tkazadi.