Donnarumma yangi klubida qaysi raqamda o'ynaydi?

Janluiji Donnarumma faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettiradi.
“Manchester Siti" italiyalik 26 yoshli darvozabon bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaganini e'lon qildi.
Futbolchining transferi bonuslar bilan birgalikda 37 million evroni tashkil etgan.
Endilikda Donnarumma “shaharliklar” safida 25‑raqamda harakat qiladi.
