«Manchester Siti» «PSJ» darvozaboni Janluiji Donnarumma bilan shartnoma imzolamoqda.

Italiyalik futbolchining transferi bugun, transfer oynasi yopilishi arafasida e'lon qilinishi kutilmoqda.

Insayder Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, kelishuv "shaharliklar"ga 20-25 million evroga tushadi.

Darvozabon ingliz grandi bilan yiliga 13 million evro maosh va 2 million bonus bilan besh yillik shartnoma imzoladi.

“Manchester Siti”da Janluidji Donnarumma yaqinda Turkiyaning “Fenerbaxche” klubiga o'tadigan Ederson o'rnini egallaydi.