Donnarumma Xoland haqida fikr bildirdi

"Manchester Siti" darvozaboni Janluiji Donnarumma hujumchi Erling Xoland bilan munosabati haqida gapirdi.
"Xoland ajoyib o'yinchi bo'lishidan tashqari, dunyodagi eng yaxshi o'yinchilardan biri, agar eng yaxshisi bo'lmasa, u yana ajoyib inson. U meni darhol yaxshi qabul qildi. Xuddi bu jamoada ko'p yillardan beri o'ynayotgandekman. Meni barcha futbolchilar a'lo darajada kutib olishdi. Jamoadagi munosabatlar aynan oiladagidek bo'lishi kerak," - dedi Donnarumma matbuot anjumanida.
Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 1-turida "Manchester Siti" 18 sentyabr, payshanba kuni "Napoli"ni qabul qiladi.