"Milan"dagi sobiq jamoadoshlar Janluiji Donnarumma va Sandro Tonali Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida to'qnash kelishadi - "Manchester Siti" shanba oqshomida "Nyukasl" bilan o'ynaydi. Donnarumma italiyalik jurnalistlarni Tonalining gol urishiga yo'l qo'ymasligiga ishontirdi.

"Biz gaplashdik va u menga gol urishga va'da berdi. Lekin men u bunday qilmaydi, deb javob berdim. "Siti" uchun bu oson o'yin bo'lmaydi, ayniqsa mehmonda," - deya Donnarummaning so'zlarini keltiradi derbyderbyderby.

Eslatib o'tamiz, Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida Sandro Tonali hali gol urgani yo'q.