"Manchester Siti" ko'pchilik muxlislari jamoaga yangi kelib qo'shilgan Janluidji Donnarummaning oyoq bilan o'ynash salohiyatiga shubha bilan qarashmoqda.

26 yoshli golkiper kecha JCh saralashidagi Italiya - Estoniya o'yinida tanqidlarga munosib javob bera oldi.

U o'yin davomida 100 foiz aniq pas berdi (22/22), shuningdek, ulardan ikkitasi long boll edi. Donnarumma yana 2 ta seyvni ham o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

U Manchesterda Jeyms Traffordga jiddiy raqobat taklif qiladi.