Donnarumma: "Messi - fantastik inson, futbol tarixidagi eng yaxshilardan biri"

"Manchester Siti" darvozaboni Janluiji Donnarumma Lionel Messi bilan o'yin haqidagi xotiralari bilan o'rtoqlashdi.
Italiyalik va argentinalik futbolchi "PSJ" safida birga to'p tepgan.
"Bu fantastik edi. Menimcha, u futbol tarixidagi eng yaxshilardan biri. Meni hayron qoldirgan narsa, u qanday futbolchi bo'lishi u yoqda tursin, juda ajoyib inson. U eng yaxshisi. U haqiqatan ham fantastik inson, ajoyib inson va u bilan o'ynash juda muhim edi, men buni hayotimdagi eng yaxshi xotiralar qatorida saqlab qolaman", - dedi Donnarumma "shaharliklar" klubi kanaliga bergan intervyusida.