"Manchester Siti" darvozaboni Janluiji Donnarumma o'zi to'p tepgan ligalar haqida gapirdi.

"Men turli xil futbol voqeliklarini boshdan kechirish baxtiga muyassar bo'ldim - Liga 1dan tortib, yaqinda o'zim ko'chib o'tgan Premer-ligagacha.

Tashqaridan qaraganda, bizning Italiya futboli boshqa ligalardan yomon emas, deb ayta olaman. Faqat uslublarda farq ko'zga tashlanadi", dedi Donnarumma.