Donnarumma Gvardiola bilan uning Italiya terma jamoasidagi ehtimoliy faoliyati haqida gaplashmagan

Italiyalik darvozabon Janluiji Donnarummadan Xosep Gvardiolaning Italiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanishi mumkinligi haqida fikr so'rashdi. Donnarumma bu masala haqida hali o'ylab ko'rmaganini ma'lum qildi.
«Biz u bilan yaxshi til topishib ishladik. Biroq terma jamoa haqida gaplashmadik. Menimcha, bu masalada federatsiya prezidenti saylovidan keyin oydinlik kiritiladi. Ammo agar Gvardiola kelsa, u shubhasiz ushbu libos va maqsadga erishish yo'lida bor kuchini beradi», — deya Donnarummaning so'zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.
Eslatib o'tamiz, Xosep Gvardiola shu paytgacha hech qachon milliy terma jamoada murabbiylik qilmagan.