Donnarumma dunyoning eng qimmat darvozaboni deb topildi

"Manchester Siti" va Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Donnarumma Transfermarkt portali tomonidan dunyoning eng qimmatbaho posboni deb e'tirof etildi. Portal bahosiga ko'ra, uning transfer qiymati 45 million evroni tashkil etmoqda.
Reytingning ikkinchi pog'onasini bir yo'la to'rt nafar darvozabon bo'lishib oldi. Bart Verbryuggen ("Brayton"), Joan Garsiya ("Barselona"), Diogu Koshta ("Portu"), Gregor Kobel ("Borussiya" Dortmund) ularning har biri hozirda 40 million evroga baholanmoqda.
Uchinchi o'rinni esa "Roma"ning serbiyalik posboni Mile Svilar va Londonning "Arsenal" klubi darvozaboni David Rayya egallab turibdi. Ularning bozor qiymati 35 million evro etib belgilangan.