Italiyalik darvozabon Janluiji Donnarumma o'z terma jamoasining muvaffaqiyatsizligi — Jahon chempionati yo'llanmasining Bosniya va Gertsegovinaga boy berilgani haqida gapirdi.

«Jahon chempionatiga chiqa olmaganimiz — juda yomon ish bo'ldi. Ammo umid qilamanki, bu bizni yuqoriga itaradigan impulsga aylanadi. Biz ushbu og'riq bilan qayta yuklanishimiz kerak. Italiyani kerakli darajaga qaytarish istagi hamma uchun motivatsiya bo'lishi lozim», — deya Donnarummaning so'zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.

Eslatib o'tamiz, Italiya terma jamoasi qatorasiga uchinchi marta Jahon chempionatini o'tkazib yuboradigan bo'ldi.