Donnarumma Angliya Premer-ligasini baholadi

"Manchester Siti" darvozaboni Janluiji Donnarumma Angliya Premer-ligasi darajasi haqida gapirdi.
Italiyalik futbolchi hali "shaharliklar" safida debyut qilishga ulgurmadi. U sentyabr oyi boshida "PSJ"dan jamoaga o'tgan edi.
"Premer-ligada o'ynash - bu aql bovar qilmaydigan hissiyotlar, men chaqiruvga tayyorman. APL - dunyoning eng yaxshi ligasi, doim shu erda o'ynashni orzu qilganman. Bu har qanday futbolchi uchun eng yuqori marra. Bu erga kelganimdan juda xursandman va umid qilamanki, meni o'z safiga qo'shib olishni juda istagan klubning ishonchini oqlayman," - deya 26 yoshli darvozabonning so'zlarini keltiradi "Manchester Siti" matbuot xizmati.