Niderlandiyalik hujumchi Doniell Malen Birmingemning «Aston Villa» klubidan «Roma»ga doimiy asosda o'tishiga nima sabab bo'lganini gapirib berdi.

«Tanlovimga Rim shahrining maqomi, shuningdek, klub va bosh murabbiyimizning ambitsiyalari ta'sir qildi», — deya Malenning so'zlaridan iqtibos keltiradi Forzaroma.

Eslatib o'tamiz, rimliklar A Seriya mavsumining yakuniga ko'ra bronza medallarini qo'lga kiritishdi va bir necha yil ichida ilk bor UEFA Chempionlar ligasiga yo'llanmani naqd qilishdi. Jamoa umumiy hisobda 73 ochko jamg'ardi va ikkinchi o'rindagi jamoadan atigi uch ochko ortda qoldi. Rim klubining bosh murabbiyi «Atalanta»dagi faoliyati bilan tanilgan mashhur murabbiy Jan Pero Gasperini hisoblanadi.