«Liverpul» yarim himoyachisi Dominik Soboslai APLning bir mavsumida jarima zarbasidan gol urish bo'yicha klub rekordini o'rnatdi.

Vengriyalik futbolchi «Tottenxem»ga qarshi kechayotgan uchrashuvning (1:0, ikkinchi bo'lim) 18-daqiqasida standart vaziyatdan hisobni ochdi.

APLning joriy mavsumida Soboslai jaarima zarbalaridan 4 ta gol urdi — bu «Liverpul» tarixidagi istalgan futbolchining bir mavsumdagi ko'rsatkichidan ko'proqdir. Premer-liganing bir mavsumida bundan ko'p golni faqat Devid Bekxem (2000/01 yilgi mavsumda 5 ta gol) va Loran Rober (2001/02 yilgi mavsumda 5 ta gol) kiritishga muvaffaq bo'lgan.