Domenek: «Safonov Donnarumma darajasidagi darvozabon emas»

Frantsiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Raymon Domenek «PSJ» darvozaboni Matvey Safonov haqida tanqidiy fikr bildirdi.
«Safonovning Donnarumma darajasidagi darvozabon emasligi hech kim uchun yangilik emas. U Shevalening o'rnini shunchaki vaziyat taqozosi bilan (boshqa variant yo'qligi sababli) egalladi. Lekin u o'z hamkasbidan ustun emas. Qaytaraman, bu shunchaki tanlov yo'qligidan sodir bo'ldi», — dedi Domenek L’Équipe du soir efirida.