Frantsiya milliy terma jamoasining sobiq ustozi Raymon Domenek bir qator yulduz futbolchilarning JCh-2026dan chiqib ketganiga munosabat bildirdi.

«Ronaldu, Neymar, Modrich va Sane allaqachon mundialni tark etishdi. Bu jahon futbolidagi buyuklar davrining yakuni. Barchaga rahmat», - deb yozadi mutaxassis ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha Shimoliy Amerikaning uchta davlatida: AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tmoqda.

Argentina terma jamoasi amaldagi titul sohibi hisoblanadi. Mundial-2022ning final uchrashuvida Lionel Skaloni shogirdlari penaltilar seriyasida frantsiyaliklarni mag'lub etishgandi.

Manba: Stadion.uz