Doku qachon maydonga qaytishi taxmin qilindi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoa vingeri Jeremi Doku bu yil boshqa o'ynamasligini e'lon qildi.
"Doku qancha vaqt safdan chiqqanini bilmayman. Ikki yoki uch haftaga u safdan chiqdi.
U 1 yanvar kuni "Sanderlend"ga qarshi bahsda o'ynashi mumkin", - deya Gvardiolaning so'zlarini keltiradi "Manchester Siti" matbuot xizmati.