«Manchester Siti»ning hujumkor yarim himoyachisi Jeremi Doku yaqin kelajakdagi rejalarini belgilab oldi. Bu haqda La Derniere Heure jurnalistlari xabar bermoqda.

Manbaga ma'lum bo'lishicha, belgiyalik vinger boshqa klublarning qiziqishlariga qaramay, kamida keyingi mavsum yakuniga qadar ingliz top-klubida qolishga qaror qilgan. Doku o'ziga bo'lgan barcha takliflarni rad etgan.

Jeremining bozor qiymati 75 million evroga baholanmoqda. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yozida nihoyasiga etadi.

Yakunlangan mavsumda Doku 47 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Belgiyalik futbolchi o'z hisobiga 8 ta gol va 14 ta golli uzatmani yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi.

Manba: Stadion.uz