Taniqli sport sharhlovchisi Dmitriy Guberniev JCh-2026 doirasida O'zbekiston terma jamoasining Kolumbiyaga qarshi o'yini (1:3) haqida o'z fikrini bildirdi.

— O'zbekiston tushkunlikka tushmasligi kerak, biz ularni qo'llab-quvvatlashda davom etamiz. Yigitlar tarixda birinchi marta jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Men ularga katta simpatiya bilan qarayman. Bu turnir har qanday raqibdan qat'i nazar, barchaning imkoniyati borligini ko'rsatmoqda. Masalan, Portugaliyaning Kongo bilan o'yini. Yana ikki uchrashuv bor, ehtimol g'alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqishar. Guruh qiyin, lekin baribir imkoniyat mavjud, — dedi Guberniev.

Manba: Stadion.uz