Fevral oyi boshida “Piza”dan iste'foga chiqarilgan Alberto Djilardino tez orada o'zining sevimli ishiga qaytishi mumkin. Agar “Piza” A Seriyada jon saqlab qola olmay, B Seriyaga tushib ketgan bo'lsa, Djilardinoning o'zi yuqori divizionda qolishi mumkin. Bu uning B Seriyadagi atigi bir mavsumdan so'ng yana kuchlilar safiga qaytgan “Montsa” bilan ehtimoliy kelishuviga bog'liq.

Bundan oldin klub Paolo Byanko bilan xayrlashgan edi. Qiziq tomoni, u "Piza"ni boshqarishga tayyorlanmoqda.

Agar Djilardino “Montsa” boshqaruvini qo'lga olsa, bu jamoa uning “Djenoa” va “Piza”dan keyingi A Seriyadagi uchinchi murabbiylik tajribasiga aylanadi.