Djessi Marsh Kanada terma jamoasi bilan shartnomasini 2030 yilgacha uzaytirdi

Kanada terma jamoasi bosh murabbiyi Jessi Marsh Shimoliy Amerika jamoasi bilan amaldagi kelishuvini 2030 yilga qadar uzaytirdi.
«Birinchi kundanoq men bu jamoa, bu mamlakat va uning rivojlanish yo'nalishi bilan chuqur bog'liqlikni his qildim. Ishonamanki, ushbu avlod futbolchilari bilan Kanada ulkan salohiyatga ega va men butun mamlakat bo'ylab futbol rivojlanishini intiqlik bilan kutyapman. Uzoq muddatli majburiyatni zimmamga olganimdan, ushbu dasturni yillar davomida kengaytirishga yordam berishimdan va jamoani eng yuqori darajaga olib chiqishda davom etishimdan xursandman», — deya Marshning so'zlarini keltirmoqda Kanada futbol assotsiatsiyasi rasmiy sayti.
Jessi Marsh 2024 yildan beri Kanada terma jamoasini boshqarib kelmoqda. Kanada Jahon chempionatining «B» guruhida Bosniya va Gertsegovina, Qatar hamda Shveytsariya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Ma'lumot uchun, Marsh avvalroq Germaniyaning «RB Leyptsig» va Angliyaning «Lids Yunayted» klublarida faoliyat yuritgan.