Disasiga "Fiorentina" va "Vest Xem" qiziqish bildirmoqda

"Chelsi" himoyachisi Aksel Disasiga Angliya va Italiya klublari qiziqish bildirmoqda.
"Fiorentina" va "Vest Xem" klublari "Chelsi" himoyachisi Aksel Disasiga qiziqish bildirmoqda. Italiya klubining qiziqishi haqida Janluka di Martsioning saytida, "Vest Xem" haqida insayder Ben Jeykobs ma'lum qildi.
27 yoshli frantsuz bu mavsumda birorta ham o'yinda maydonga tushmadi. Disasi so'nggi marta aprel oyida "Aston Villa"da ijarada o'ynaganida maydonga tushgandi.