"Chelsi" markaziy himoyachisi Aksel Disasi bosh murabbiy Entso Mareskaga o'zining nimalarga qodirligini isbotlamoqchi.

"Ko'klar" 27 yoshli futbolchini sotuvga qo'ydi va asosiy tarkibdan chetlatdi, ammo frantsuz uchun yangi klub topilmadi. Jurnalist Nizaar Kinsellaning yozishicha, futbolchi umidni yo'qotmagan: u hali ham jamoaga qaytishi mumkinligiga ishonadi va agar yaqin orada Mareskaga kerak bo'lsa, o'zini ko'rsatishga bel bog'lagan.

Aksel Disasining "Chelsi" bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan bo'lib, uning Transfermarkt talqiniga ko'ra qiymati 22 mln evroni tashkil etadi.