Diomande «Real» uchun uchta top-klubga rad javobini berdi

«Leyptsig» vingeri Yan Diomande «Real»ga o'tish uchun Evropaning uchta top-klubi taklifini rad etdi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano o'z ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.
Diomandeni o'z safiga qo'shib olishga «Liverpul», «Arsenal» va «Manchester Siti» harakat qilgan edi. Biroq Yan ularning barchasiga muloyimlik bilan rad javobini berdi. U «Real»ga o'tish bo'yicha qat'iy qarorga kelgan.
Kuni kecha «qaymoqranglilar» Diomande uchun 100 million evro to'lashi ma'lum bo'lgan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar