«Leyptsig» vingeri Yan Diomande agar shu yozda Germaniya klubini tark etsa, «PSJ»ga o'tishni afzal ko'radi.

The Athletic xabariga ko'ra, 19 yoshli kot-d'ivuarlik vinger Parij klubi loyihasiga ishonadi va bosh murabbiy Luis Enrike qo'l ostida o'ynashni xohlaydi.

Diomande «PSJ»ga o'tishni sovrinlar uchun barqaror kurashish va kelajakda «Oltin to'p» sohibiga aylanish uchun eng yaxshi imkoniyat deb hisoblaydi.

Vinger Jahon chempionatida Kot-d'Ivuar terma jamoasi tarkibida ishtirok etmoqda, Kyurasaoga qarshi o'yinda (2:0) u golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchiga «Liverpul» ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi. «Leyptsig» avvalgi 100 million evrolik taklifni rad etgani sababli, ingliz klubi transfer bo'yicha yaxshiroq taklif tayyorlamoqda.

Manba: Stadion.uz