Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Diogu Dalotning fikricha, hujumchi Krishtianu Ronaldu o'z sha'niga aytilayotgan tanqidlarni engib o'ta oladi.

«Krishtianuning tanqidlarni qanday engib o'tishini hamma yaxshi biladi. U terma jamoada o'ynash borasida 20 yildan ortiq tajribaga ega.

Menimcha, u jamoaga ishonch bag'ishlaydi, tanqidlar esa shunchaki o'yinning bir qismidir. Ayniqsa, dunyodagi eng yirik turnirlardan birida, balki eng yirigida ishtirok etayotganimizni va biz ko'rsata oladigan o'yin darajasini hisobga olsak, bu tabiiy hol.

Uning bizga, bizning esa unga bo'lgan ishonchimiz doimo bir xil bo'lgan va shunday bo'lib qoladi. Modomiki u terma jamoa sharafini himoya qilayotgan ekan, menimcha, bu qobiliyat unda doim mavjud bo'ladi va u har doim o'ynashga shay turadi», — dedi Dalot.

Manba: Stadion.uz