O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda so'nggi turlar doirasida bo'lib o'tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko'rib chiqildi.

Superliga

«Mash'al» — «Buxoro»

Superliga 23-turidan o'rin olgan «Mash'al» — «Buxoro» uchrashuvining 30-daqiqasida «Buxoro» jamoasi futbolchisi Frane Ikich raqib futbolchisiga tirsagi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka ko'rsatildi.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, unga 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qo'llanildi.

«Xorazm» — «Navbahor lochinlari»

Superliga 24-turidan o'rin olgan «Xorazm» — «Navbahor lochinlari» uchrashuvining 60-daqiqasida «Xorazm» jamoasi futbolchisi Diyorbek Ortiqboev raqib futbolchisiga oyoq tagi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka ko'rsatildi.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, unga 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikatsiya) va jarima intizom choralari qo'llanildi.

«Andijon» — OKMK

Superliga 23-turidan o'rin olgan «Andijon» — OKMK uchrashuvida «Andijon» klubi uchrashuvni tashkil etishda reglament talablariga rioya qilmagan (stadion tablosi, reklama shitlari, homiylar roliklari ishlamagan).

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, «Andijon» klubiga jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«Neftchi» — «Andijon»

Superliga 24-turidan o'rin olgan «Neftchi» — «Andijon» uchrashuvidan so'ng «Neftchi» jamoasi futbolchilari mikst-zonadan harakatlanmasdan boshqa yo'ldan stadionni tark etishgan.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, «Neftchi» klubiga jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«Buxoro» — «Paxtakor»

Superliga chempionatining 24-turidan o'rin olgan «Buxoro» — «Paxtakor» uchrashuvining 54-daqiqasida ikki jamoa futbolchilari o'zaro janjallashib, ommaviy tartibsizlik keltirib chiqardi.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, «Paxtakor» klubiga jarima intizom chorasi qo'llanildi.

OKMK — «Bunyodkor»

Superliga chempionatining 22-turidan o'rin olgan OKMK — «Bunyodkor» uchrashuvining 20-daqiqasida OKMK jamoasi futbolchisi Aziz Xolmurodov simulyatsiya ishlatgani uchun ogohlantirildi.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Aziz Xolmurodovga jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Superliga chempionatining 22-turidan o'rin olgan OKMK — «Bunyodkor» uchrashuvining 87-daqiqasida «Bunyodkor» jamoasi futbolchisi Martin Shroler o'yin vaqtini cho'zgani uchun ogohlantirildi.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Martin Shrolerga jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«Sho'rtan» — «Paxtakor»

Superliga chempionatining 22-turidan o'rin olgan «Sho'rtan» — «Paxtakor» uchrashuvining 90+4-daqiqasida «Sho'rtan» jamoasi futbolchisi Shohruxjon Eshbo'taev o'yin vaqtini cho'zgani uchun ogohlantirildi.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Shohruxjon Eshbo'taevga jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«Xorazm» — «Qo'qon-1912»

Superliga chempionatining 22-turidan o'rin olgan «Xorazm» — «Qo'qon-1912» uchrashuvining 90+5-daqiqasida «Qo'qon-1912» jamoasi futbolchisi Shahzod Akramov o'yin vaqtini cho'zgani uchun ogohlantirildi.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Shahzod Akramovga jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«Buxoro» — «Navbahor lochinlari»

Superliga chempionatining 22-turidan o'rin olgan «Buxoro» — «Navbahor lochinlari» uchrashuvining 86-daqiqasida «Buxoro» jamoasi futbolchisi Frane Ikich o'yin vaqtini cho'zgani uchun ogohlantirildi.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Frane Ikichga jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«Qizilqum» — «Nasaf»

Superliga chempionatining 22-turidan o'rin olgan «Qizilqum» — «Nasaf» uchrashuvining 90+5-daqiqasida «Nasaf» jamoasi futbolchisi Suxrob Nuro'lloev o'yin vaqtini cho'zgani uchun ogohlantirildi.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Suxrob Nurulloevga jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Superliga chempionatining 22-turidan o'rin olgan «Qizilqum» — «Nasaf» uchrashuvining 68-daqiqasida «Qizilqum» jamoasi futbolchisi Bobomurod Bozorov hakam qaroriga e'tiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Bobomurod Bozorovga jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Superliga chempionatining 22-turidan o'rin olgan «Qizilqum» — «Nasaf» uchrashuvining 74-daqiqasida «Qizilqum» jamoasi futbolchisi Islom Kenjaboev hakam qaroriga e'tiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Islom Kenjaboevga jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«Nasaf» — «Xorazm»

Superliga chempionatining 23-turidan o'rin olgan «Nasaf» — «Xorazm» uchrashuvining 88-daqiqasida «Xorazm» jamoasi futbolchisi Jasur Azimov hakam qaroriga e'tiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Jasur Azimovga jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Superliga chempionatining 23-turidan o'rin olgan «Nasaf» — «Xorazm» uchrashuvining 78-daqiqasida «Xorazm» jamoasi direktori Ro'zimboy Ahmedov hakam qaroriga e'tiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Ro'zimboy Ahmedovga jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Superliga chempionatining 23-turidan o'rin olgan «Nasaf» — «Xorazm» uchrashuvining 90+6-daqiqasida «Nasaf» jamoasi futbolchisi Abduvohid Ne'matov o'yin vaqtini cho'zgani uchun ogohlantirildi.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Abduvohid Ne'matovga jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«Dinamo» — «Sho'rtan»

Superliga chempionatining 23-turidan o'rin olgan «Dinamo» — «Sho'rtan» uchrashuvidan so'ng «Sho'rtan» jamoasi futbolchisi Choriyor Tursunqulov hakam qaroriga e'tiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Choriyor Tursunqulovga jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«So'g'diyona» — «Neftchi»

Superliga chempionatining 23-turidan o'rin olgan «So'g'diyona» — «Neftchi» uchrashuvining 84-daqiqasida «So'g'diyona» jamoasi murabbiyi Ivan Boshkovich hakam qaroriga e'tiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Ivan Boshkovichga jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«Xorazm» — «Navbahor lochinlari»

Superliga chempionatining 24-turidan o'rin olgan «Xorazm» — «Navbahor lochinlari» uchrashuvining 86-daqiqasida «Navbahor lochinlari» jamoasi futbolchisi Umidjon Ergashev o'yin vaqtini cho'zgani uchun ogohlantirildi.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Umidjon Ergashevga jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Superliga chempionatining 24-turidan o'rin olgan «Xorazm» — «Navbahor lochinlari» uchrashuvining 90+6-daqiqasida «Navbahor lochinlari» jamoasi futbolchisi Jamshid Boltaboev hakam qaroriga e'tiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Jamshid Boltaboevga jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«Surxon» — «Dinamo»

O'zbekiston Superligasi 24-turidan o'rin olgan «Surxon» — «Dinamo» uchrashuvining 84-daqiqasida «Dinamo» jamoasi futbolchisi Edem Nemanov o'yin vaqtini cho'zgani uchun ogohlantirildi.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Edem Nemanovga jarima intizom chorasi qo'llanildi.

«Bunyodkor» — «Nasaf»

O'zbekiston Superligasi 24-turidan o'rin olgan «Bunyodkor» — «Nasaf» uchrashuvining 90+4-daqiqasida «Bunyodkor» jamoasi futbolchisi Amir To'raqulov hakam qaroriga e'tiroz bildirgani uchun ogohlantirildi.

Tartib-intizom qo'mitasi qaroriga ko'ra, Amir To'raqulovga jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Manba: ufa.uz