"Dinamo" sobiq legioneri: "O'zbekistonda kundalik hayot og'ir kechdi. Senga hatto tushuntirib ham berilmagan narsani talab qilishlari aqlga sig'maydigan holat edi"

"O'zbekistonda kundalik hayot og'ir kechdi. Murabbiyimiz arman edi, har kuni bir soatlik majlislar, rus tilidagi videotahlillar tarjimonsiz o'tardi. Senga hatto tushuntirib ham berilmagan narsani talab qilishlari aqlga sig'maydigan holat. Muomala masalasi ham shunday edi, lekin bu umuman boshqa madaniyat, agar shunday joylarga borishga qaror qilsang, unga moslashishing kerak. Gretsiyada ham, Litvada ham bunday holatga duch kelmagandim", – dedi markaziy himoyachi.
"Rostini aytsam, u erlardagilari juda yaxshi tajriba bo'lgan edi, lekin bu yerda vaziyatga moslashib keta olmadim. Ochig'i, o'zimni qulay his qilmadim. Oxirrog'ida biroz o'ynashga muvaffaq bo'ldim, lekin jamoadan ketmoqchi ekanligimni ayta boshlaganimdan so'ng, maydonga juda kam tushdim. Liganing saviyasi yomon emas, yaxshi darajada. O'yin uslubi esa mutlaqo boshqacha: ular jismoniy va texnik jihatdan juda yaxshi, lekin taktik tomonlama unday emas. Juda tartibsiz harakat qilishadi va o'yin o'ta to'g'ridan-to'g'ri, 'hujumga hujum' tarzida kechadi, shu tomondan olib qaraganda og'irroq", – deya qo'shimcha qildi 31 yoshli futbolchi.
Kommentariyalar