«Dinamo» nigeriyalik futbolchi bilan xayrlashdi

«Dinamo» jamoasi mavsumlar oralig'ida tarkibdagi o'zgarishlarni davom ettirmoqda.
Yakuniga etgan 2025 yilgi mavsumda jamoa sharafini munosib himoya qilgan Richard Fraydey bilan amaldagi kelishuv yakuniga etgani bois, «Dinamo» PFK nigeriyalik legioner bilan xayrlashdi. Richard Emeka jamoadagi o'yinlari bilan «Dinamo»ning kubokda yarimfinalgacha etib borishiga va chempionatda eng yaxshi natijasini takrorlashiga o'z hissasini qo'shdi.
"Fraydeyga Samarqanddagi faoliyati va hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirib, keyingi faoliyatiga omad tilab qolamiz. Hamkorlik uchun rahmat, Fraydey!", — deyiladi "Dinamo" matbuot xizmati tarqatgan xabarda.
Manba: fcdinamo.uz