«Dinamo» etakchisi faoliyatini «Neftchi»da davom ettiradi

Samarqandning "Dinamo" klubi tayanch yarim himoyachisi Ratino (Jurani Ferreira) faoliyatini Superliga chempioni Farg'onaning "Neftchi" klubi tarkibida davom ettiradi.
Ma'lumotlarga ko'ra, 29 yoshli braziliyalik xavbek "yo'lbarslar" bilan 2 yillik shartnoma imzolagan. "Neftchi" Ratino uchun kurashda "Paxtakor" va "Nasaf"ni ortda qoldirdi.
Ortda qolgan mavsumda futbolchi jami 31 ta o'yinda 3 ta gol urib, 4 ta golli uzatma berdi.