«Dinamo» jamoa yarim himoyachisi Bektemir Abdumannonov Qozog'iston chempionati klubiga ijaraga berilganini ma'lum qildi.

«Dinamo»ning 23 yoshli yarim himoyachisi Qozog'iston Premer-ligasida 3-o'rinni egallab turgan «Oqjetpes» klubiga yarim mavsumga ijaraga berildi. Ijara kelishuviga binoan, «Dinamo» PFK Bektemir Abdumannonovni yozgi transfer oynasida o'z safiga qaytarib olish huquqini saqlab qoldi.