«Dinamo» Armaniston milliy jamoasi a'zosini o'z safiga qo'shib oldi

Superligada davom etayotgan yozgi transfer oynasida «Dinamo» jamoasi selektsiya jarayonini davom ettirmoqda.
Rossiya Premer-ligasining «Orenburg» klubi hamda Armaniston milliy jamoasi tayanch yarimhimoyachisi Tigran Avanesyan faoliyatini Samarqandda davom ettiradi. «Dinamo» PFK 24 yoshli yarimhimoyachi bilan kelishuvni uzaytirish huquqi bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi. Tigran jamoa safida 19-raqam ostida harakat qiladi.
Tigran Avanesyan 2002 yilning 13 aprel kuni Toshkentda tavallud topgan. Uning aksariyat yaqinlari asli samarqandlik bo'lib, hozirgacha Samarqandda istiqomat qilishadi. Tigran Kaliningradning «Baltika» klubi tarbiyalanuvchisi sanaladi. U bugungi kungacha Rossiyaning TsSKA Moskva, «Arsenal Tula» va «Orenburg» klublari sharafini himoya qilgan. Shuningdek, Rossiya U17 va Armaniston U19 yoshlar jamoalari sharafini ham himoya qilgan. 2024 yildan buyon Armaniston milliy jamoasi a'zosi sanaladi.
Ishonamizki, Tigran «Dinamo» safidagi o'yinlari bilan barcha muxlislarning ishonchini oqlaydi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar