«Dinamo» PFK Superliga-2025 yakuniga ko'ra shartnomasi yakuniga etayotgan jamoa etakchilarini o'z safida qoldirishni va 2026 yilgi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirishni rejalashtirgan.

Yakunlangan mavsumda «Dinamo» sharafini munosib himoya qilib, jamoa sardoriga aylangan Anvarjon Hojimirzaev 2026 yilni ham Samarqand jamoasi safida o'tkazadi. So'nggi ikki mavsumdan buyon jamoaning Superligadagi eng yaxshi to'purari bo'lib kelayotgan hujumchi bilan yakuniga etayotgan amaldagi kelishuv 2026 yilning oxirigacha uzaytirildi.

Manba: fcdinamo.uz