Din «Aston Villa»dan «PSJ»ga o'tmoqda

«PSJ» Lyuka Dinni «Aston Villa»dan sotib olmoqda.
RMC Sport jurnalisti Fabris Xokinsning xabar qilishicha, Parij klubi 33 yoshli himoyachining shartnomasida ko'rsatilgan tovon puli haqidagi bandni faollashtirdi va u uchun 10 million evrodan sal kamroq mablag' to'laydi.
Futbolchi «PSJ» bilan uch yillik shartnoma imzolaydi.
APLning o'tgan mavsumida Din 31 ta o'yin o'tkazib, 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar