Dimarko A Seriyada bir mavsumdagi golli uzatmalar soni bo'yicha rekord o'rnatdi

«Inter» yakshanba oqshomida Italiya chempionati doirasida «Torino»ga qarshi safar o'yinini o'tkazmoqda. Birinchi bo'lim davomida Federiko Dimarko o'z hisobiga golli uzatmani yozdirib qo'ydi.
Natijada, Dimarko A Seriya tarixini qayta yozdi — u bir mavsum davomida amalga oshirilgan golli uzatmalar soni bo'yicha rekordchiga aylandi. Joriy chempionatda Federiko allaqachon 17 bor sheriklariga golli pas berdi.
Bungacha rekord Alexandro Gomesga tegishli edi — 2019/2020 yilgi mavsumda ushbu futbolchi «Atalanta» tarkibida 16 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Shuni ta'kidlash joizki, golli uzatmalar bo'yicha statistika 2004/2005 yilgi mavsumdan buyon yuritib kelinadi.