Diego Simeonening tarixiy yubileyi «Valensiya»ga qarshi bahsga to'g'ri keldi

Diego Simeone murabbiylik faoliyatidagi 1000-uchrashuvini o'tkazdi.
Bugun argentinalik mutaxassis boshchiligidagi «Atletiko» La Liganing 34-turida «Valensiya» ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu bahs Simeone uchun Madrid klubi bosh murabbiyi sifatidagi 793-o'yin bo'ldi.
Shuningdek, u murabbiylik faoliyati davomida «Rasing Avelyaneda»da 34 ta, «Estudiantes»da 60 ta, «River Pleyt»da 45 ta, «San-Lorenso»da 50 ta va «Kataniya» klubida 18 ta o'yinda jamoalarni boshqargan.
Diego murabbiy sifatida jami 563 ta g'alabaga erishgan, 225 marta durang qayd etgan va 212 ta mag'lubiyatga uchragan. Uning hisobida 10 ta sovrin mavjud.
Kommentariyalar