Diego Simeone qishki transferlar oynasidagi rejalar haqida fikr bildirdi

Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi Diego Simeone jamoaning qishki transferlar oynasidagi rejalari haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Transferlar bo'yicha rejamiz bor va umid qilamizki, u yanvar oyi oxirigacha amalga oshadi. Mateu Alemanidan juda xursandmiz. Biz har kuni muloqot qilamiz va munosabatlarimiz juda yaxshi", - dedi argentinalik mutaxassis "Real Sosedad"ga qarshi o'yindan oldingi matbuot anjumanida.
Hozirda "matraschilar" La Ligada 37 ochko bilan 3-o'rinda bormoqda. Peshqadam "Barselona" bilan farq 9 ochkoni tashkil qiladi.