Diego Simeone Madridda 180 ta kvartira va 7 ta villaga egalik qiladi

«Atletiko Madrid» bosh murabbiyi Diego Simeone ikkinchi rafiqasi Karla Pereyra bilan birgalikda Ispaniya poytaxti Madridda 180 ta kvartira va 7 ta villaga egalik qiladi. Bu haqda Gazeta Express xabar berdi.
Manbaga ko'ra, juftlik asosan shaharning nufuzli hududlarida joylashgan elita uy-joylarni sotib oladi. Diego Simeone va uning rafiqasi ko'chmas mulkni ijaraga berish va qayta sotish orqali daromad oladi.
Diego Simeone va Karla Pereyra 2014 yilda tanishgan va 2019 yilda turmush qurgan. Ularning ikki nafar qiz farzandi bor (2016 va 2019 yillarda tug'ilgan). Murabbiyning birinchi nikohidan esa uch nafar o'g'li bor.
Diego Simeone «Atletiko Madrid»ni qariyb 15 yildan beri boshqarib kelmoqda va eng yuqori maosh oluvchi murabbiylardan biri hisoblanadi.