Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diego Simeone jurnalistlarni jamoa etakchi futbolchilarining ketishi borasidagi mish-mishlar bilan spekulyatsiya qilishni to'xtatishga chaqirdi.

ESPN nashrining xabar berishicha, murabbiyning so'zlariga ko'ra, «matraschilar»ning yirik g'alabalaridan so'ng barcha suhbatlar u yoki bu tarzda Yan Oblak, Antuan Grizmann va Xulian Alvaresning klubni tark etishi mumkinligiga taqalavergan.

«Atletiko» ustozi jamoada muhit mutlaqo sog'lom ekanligini va etakchilarning kelajagi borasida hech qanday ortiqcha gap-so'zlar yo'qligini ta'kidladi.