Diego Simeone darvozabon Oblak jarohatdan so'ng qachon tarkibga qaytishini aytdi

Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diego Simeone jamoa darvozaboni Yan Oblak qachon jarohatidan forig' bo'lib, tarkibga qaytishi haqida ma'lumot berdi.
«U hozircha bizga qo'shilishga tayyor emas. Lekin buni juda xohlayapti; biz u bilan yaxshilab gaplashib oldik. U jamoa uchun juda muhim o'yinchi, biz unga muhtojmiz. Umid qilamizki, u seshanba kuni jamoa bilan mashg'ulotlarga kirishishga tayyor bo'ladi», — deya Simeonening so'zlarini keltirmoqda AS.
Eslatib o'tamiz, darvozabon La Liganing 28-turi doirasidagi «Xetafe»ga qarshi o'yin (1:0) oldidan mushaklarini cho'zib olgan edi.
Joriy mavsumda Oblak klub safida barcha musobaqalarda 37 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z darvozasidan 47 ta to'p olib chiqdi, shuningdek, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.