Diego Kosta faoliyatidagi eng yaxshi murabbiyni aytdi

"Atletiko" va "Chelsi" klublarining sobiq hujumchisi Diego Kosta qaysi murabbiy qo'l ostida ishlashni yoqtirishini aytdi.
"Shaxsan men uchun eng ko'p yoqtirgan murabbiyim Mourino bo'ldi. Chunki u senga hayot beradi. Mashg'ulotlarga xursand bo'lib kelasan," - deya Kostaning so'zlarini keltiradi Goal portali.
Ayni paytda Joze Mourino "Benfika"ni boshqarmoqda. Chorshanba kuni jamoa Chempionlar ligasi doirasida "Yuventus"ga qarshi safar o'yinini o'tkazadi.