Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham “Real” hujumchisi Kilian Mbappening sog'lig'i haqida ma'lumot berdi. Bu haqda u Jahon chempionati–2026 saralash bosqichining 3-turidagi Frantsiya — Ozarbayjon uchrashuvi oldidan aytib o'tdi.

“Men u bilan gaplashdim. U shu erda — kichik muammosi bor, lekin bu uni yig'inga kelishdan to'smaydi. Biz tibbiy shtab bilan vaziyatni baholaymiz va keyin uning ahvolini kuzatamiz”.

Ma'lumot uchun, Kilian Mbappe shanba kuni bo'lib o'tgan “Real” — “Vilyarreal” (3:1) uchrashuvida oyog'idan jarohat olgan edi. 26 yoshli hujumchi gol urganidan so'ng qisqa vaqt ichida maydonni tark etib, darhol kiyinish xonasiga yo'l olgan.

Manba: championat.com