Dide Desham jahon chempionatlari tarixidagi murabbiylar rekordini o'rnatdi

Frantsiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham jahon chempionatlari pley-off bosqichidagi eng ko'p g'alabaga erishgan murabbiyga aylandi. Bu haqda Squawka statistika portali xabar berdi.
Bu natija Frantsiya terma jamoasi 57 yoshli mutaxassis boshchiligida JCh-2026 1/8 finalida Paragvayni 1:0 hisobida mag'lub etganidan keyin qayd etildi. Shu tariqa, Desham jahon chempionatlari pley-off bosqichidagi 10-g'alabasini qo'lga kiritdi va tarixda bunday natijaga erishgan ilk murabbiy bo'ldi.
Avvalroq Desham boshchiligida Frantsiya terma jamoasi 2018 yilgi jahon chempionatida g'olib chiqqan, 2022 yilgi mundialda esa finalgacha etib borib, Argentinaga mag'lub bo'lgan edi.
Jahon chempionatining chorak finalida Frantsiya terma jamoasi Marokash milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar