Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Ispaniya terma jamoasi haqida o'z fikrlarini bildirdi.

Frantsuzlar ertaga JCh-2026 yarim finalida ispaniyaliklarga qarshi maydonga tushadi.

«Biz Ispaniya terma jamoasini yaxshi bilamiz, ular amaldagi Evropa chempionlaridir. O'tgan yoz ham biz Millatlar ligasi yarim finalida ularga qarshi o'ynagandik.

Bizni jahon chempionati oldidan va turnir boshida favoritlar qatoriga qo'shishgan edi, ammo hozir Ispaniya — favorit. Bu ularga bosimni oshirish uchun emas, balki ularning erishgan yutuqlari sababli shunday, hatto ular [Millatlar ligasi] finalida Portugaliyaga yutqazishgan bo'lsa ham.

Bu juda ko'p kuchli jihatlarga ega bo'lgan ajoyib jamoa. Ammo bu jahon chempionati yarim finali, shuning uchun saviya juda yuqori», — dedi Desham.

Manba: Stadion.uz