Dide Desham Frantsiya terma jamoasi yig'iniga qaytdi

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham onasining vafoti munosabati bilan yurtiga borib kelganidan so'ng milliy jamoa yig'iniga qayta qo'shildi.
Avvalroq mutaxassis yaqinlarining yonida bo'lish va onasini so'nggi yo'lga kuzatish marosimida ishtirok etish uchun AQShda joylashgan terma jamoa qarorgohini tark etgan edi.
Shu sababli Desham JCh-2026 guruh bosqichining 3-turida Norvegiyaga qarshi o'yinda jamoani boshqara olmadi. Ushbu bahsda Frantsiya 4:1 hisobida ishonchli g'alaba qozondi.
Uch tur yakunlariga ko'ra, Frantsiya 9 ochko to'plab, I guruhida birinchi o'rinni egalladi va JCh-2026 1/16 finalida Shvetsiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar