Frantsiya va Braziliya terma jamoalari bugun, 26 mart kuni o'zaro o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishadi. Evropa jamoasi ustozi Dide Desham ushbu bahs haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

«Braziliyaliklarga qarshi uchrashuv doimo alohida voqea bo'lib qoladi. Bunday o'yinni tashkil qilish kamdan-kam hollarda nasib etadi. Bu futbol tarixiga kiradigan bahs bo'ladi. Maydonda haqiqat lahzasi yuzaga keladi», — deya frantsuz mutaxassisining so'zlarini keltiradi RMC Sport.

Braziliya – Frantsiya uchrashuvining boshlanishi Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00 ga rejalashtirilgan.