"Milan"ning sobiq darvozaboni braziliyalik Nelson Dida Mayk Menyanni klubning tug'ma etakchisi deb biladi va shuning uchun sardorlik bog'ichi Menyanga mutlaqo haqli ravishda ishonib topshirilgan deb hisoblaydi. Uning xatti-harakatlaridan olgan taassurotlarini Dida shunday izohladi.

"U tug'ma etakchi. Buni uning jamoadoshlari bilan qanday gaplashayotganidan ham bilsa bo'ladi. U har doim o'zini aynan muloqot nuqtai nazaridan juda yaxshi ko'rsatgan. U barcha jamoadoshlarini hurmat qiladi va o'ziga yuklangan yuk uchun mas'uliyatni his qiladi", - deya Didaning so'zlarini keltiradi Italiyaning La Gazzetta Dello Sport nashri.

Italiya chempionatining 23-turida "Milan" "Bolonya"ga qarshi bahs olib boradi.