Dibalaning «Roma» bilan yangi shartnomasi shartlari ma'lum bo'ldi

Hujumchi Paulo Dibalaning faoliyatini «Roma»da davom ettirish ehtimoli juda yuqori.
Insayder Nikolo Skiraning bergan ma'lumotlariga ko'ra, yaqin kunlarda argentinalik futbolchi Rim klubi bilan yangi shartnoma imzolashi kerak. Kelishuv 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallanadi (shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan). Forvardning maoshi har bir mavsum uchun ikki yarim million evroni (plyus bonuslar) tashkil etadi.
Paulo Dibala 2022 yilda «Yuventus»dan «Roma»ga erkin agent maqomida o'tgan edi. Uning Rim klubi bilan amaldagi shartnomasi 1 iyul kuni yakuniga etdi. 2025/26 yilgi mavsumda hujumchi klub miqyosida barcha turnirlarda 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar